O‘ZBЕKISTON BO‘YICHA 20-24 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBЕKISTON BO‘YICHA 20-24 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

20.11.2023


Hafta o‘rtalarida ob-havo yomonlashishi kutilmoqda.

Bugun O‘zbekiston hududi bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunning o‘rtasiga kelib havo 20-23о gacha iliq bo’ladi.

Ertaga yanada iliqroq bo'lishi kutilmoqda, kunduzi havo harorati 24-27о iliqqacha ko‘tariladi va respublikaning aksariyat qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

22-noyabr chorshanba kuniga kelib, shimoliy-g‘arbiy hududlardan kirib kelayotgan nam havo massasi butun O‘zbekiston hududi bo’ylab tarqaladi. Respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi hududlarida ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

23-noyabr kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24 noyabrda respublikaning barcha hududi boʻylab havo quruq boʻladi.

Togʻli hududlarda yogʻingarchilik bo’ladi, 22-23-noyabr kunlari vaqti-vaqti bilan kuchli yogʻadi.

20-22-noyabr kunlari baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Havo harorati 22-24 noyabrda 13-18° gacha, ba’zi joylarda 10-12° gacha pasayadi. 23-24-noyabr kunlari kechasi harorat 3-6° iliqqacha pasayadi, shimolda 1-3° sovuqqacha bo'lishi mumkin.

Poytaxtimizda: bugun va ertaga yogʻingarchilik kutilmaydi. 22 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi. 23-24 noyabrda yana yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 22-noyabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat bugun kunduzi 20-22°, ertaga 24-26° iliq bo‘ladi. 22-24 noyabrda havo harorati 13-18° iliqgacha, 23-noyabrda 11-13° iliqgacha pasayadi. 21-22 noyabrda harorat kechasi 10-15°, 23-24 noyabrda 3-8° iliqqacha pasayadi.