18 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18.11.2023

18 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda biroz yomg’ir yogi’shi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim hududlarda 21-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib,
g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-22° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’adi, Toshkent viloyaida kuchli bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim hududlarda 21-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo‘ladi.