O'ZBEKISTON BO’YICHA 10-12 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
10.11.2023
Bugun Oʻzbekiston bo’yicha havo biroz bulutli boʻladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Shanba kuniga kelib, kunning ikkinchi yarmida Buxoro va Navoiy viloyatlarida, kechga tomon esa Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab yana yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalabgi soatlarda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Toshkent viloyatining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi.
10-12 noyabr kunlari respublika boʻyicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda 11-noyabr va 12-noyabrda kechga tomon yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) bo’ladi, Toshkent viloyatida baʼzi joylarida kuchli boʻladi.
Bugun va dam olish kunlari havo harorati kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘lishi saqlanib turadi.
Poytaxtimizda: 10-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11-noyabrda kechga tomon yomg'ir yog'adi. 12 noyabrda kechasi va ertalab yomg'ir yog'adi, kunduzi yog'ingarchilik kutilmaydi.
Kunduz kungi harorat bugun va ertaga harorat 16-18° iliq, yakshanba kuni esa 13-15° iliq, kechasi 4-7° iliq atrofida bo’ladi.
Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 11-noyabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.