12-14 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
10.11.2023
12-14 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-13 noyabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 12 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduz 12-17° iliq bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 12 noyabrda 13-18° iliq; 13-14 noyabrda 15-20° iliq; Navoiy viloyatining 12-13 noyabrda shimolida kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 14 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo’ladi.
TOSHKENT VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, 12 noyabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog’adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13-14 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 13 noyabrda kechasi 1-6° iliq, kunduz 13-18° iliq, 14 noyabrda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo’ladi.
SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 13 noyabrda kechasi 1-6° iliq, kunduz 13-18° iliq, 14 noyabrda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 13 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 14 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 19-24° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 12 noyabrda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. 13-14 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12 noyabrda 3-8° iliq, 13-14 noyabrda 1-6° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, 11-12 noyabrda vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor), Toshkent viloyatida kuchli bo’ladi. 13-14 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 13 noyabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 4-9° iliq, 14 noyabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 6-11° iliq bo’ladi.