9 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

9 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

09.11.2023

MUHIM HODISALAR
9 noyabrda
respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

9 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-14° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.