10-13 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
08.11.2023
10-13 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 10 noyabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 noyabrda kechasi 0-5° iliq, Ustyurtda 2° sovuqgacha, kunduzi 13-18° iliq; 11 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 12 noyabrda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 11 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog’ishi mumkin. 10 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 11 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 12 noyabrda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 11-16° iliq; Navoiy viloyatining shimolida
10 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 11 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 12 noyabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 11 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog’ishi mumkin. 10 noyabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 11 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog’ishi mumkin. 10 noyabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 11-12 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 10 noyabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10 noyabrda 10-15° iliq, 11-12 noyabrda 13-18° iliq bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 11 noyabrda vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, 10 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 noyabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 11-12 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo’ladi.