8 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

8 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

08.11.2023

MUHIM HODISALAR
8-9 noyabrda
respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

8 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ertalab, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° iliq bo‘ladi.

Toshkentda kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-20° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.