9-11 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
07.11.2023
9-11 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9-10 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 noyabrda 2-7° iliq, Ustyurtda 0-3° sovuqgacha, kunduzi 12-17° iliq; 10 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 11 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 9-10 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog’ishi mumkin. 9-10 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 noyabrda 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 10 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 11 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 9 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 10 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog’ishi mumkin. 9-10 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 10-11 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 9-10 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog’ishi mumkin. 9-10 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 noyabrda 6-11° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 10 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 11 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 9 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 10-11 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9-10 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 9-10 noyabrda 13-18° iliq, 11 noyabrda 15-20° iliq bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, 9 va 11 noyabrda vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, 9 noyabrda ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. 10 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9-10 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-10 noyabrda kechasi
2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 11 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo’ladi.