O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 6-10 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 6-10 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

06.11.2023

 

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi iliq va biroz nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi.

Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida bugun kunduzi ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 19-24o atrofida bo‘ladi. Hafta o‘rtasida havo o‘zgaradi.

8 noyabrda O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. 8 noyabrda hududning katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 9 noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

10 noyabrda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

8-10 noyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

8-9 noyabrda harorat 13-18o iliqqacha asta-sekin pasayadi, 10 noyabrda 15-20o iliq bo‘ladi. 10 noyabrga kelib, harorat kechasi 3-6o iliqqacha pasayadi.

 

Poytaxtimizda: 6-7 noyabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 20-23o iliq bo‘ladi.

8 noyabrda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. 9 noyabrda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 10 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

8-9 noyabrda harorat 14-16o iliqqacha asta-sekin pasayadi, 10 noyabrda 16-18o iliq bo‘ladi. 10 noyabrga harorat kechasi 3-6o iliqqacha pasayadi.