8-10 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

8-10 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

06.11.2023

8-10 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo o’zgarib turadi, 8 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 9-10 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 va 10 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8 noyabrda 7-12° iliq, 9-10 noyabrda 3-8° iliq, kunduzi 8-9 noyabrda 12-17° iliq; 10 noyabrda
15-20° iliq
bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 8 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 9-10 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 va 10 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 9 noyabrda 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 10 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 8-9 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 10 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-10 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 9 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq;
10 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq
bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 8 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 9-10 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 va 10 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 8 noyabrda 19-24° iliq, 9-10 noyabrda 17-22° iliq bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 9 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 9-10 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo o’zgarib turadi, 8-9 noyabrda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo’lishi, baland tog’larda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkin. 10 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-10 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 9-10 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo’ladi.