O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 3-5 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
03.11.2023
Ushbu haftaning birinchi yarmida yog‘ib o‘tgan yomg‘irlar va sovuqdan so‘ng, hafta oxiriga kelib, O‘zbekistonga yana “Oltin kuz” qaytib keldi.
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Harorat kechalari 5-10o iliq, kunduz kunlari 19-24o iliq, janubda
25-27o iliqgacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda: 3-5 noyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7-10o iliq, kunduz kunlari 20-23o iliq bo‘ladi.