2023 YILDA NOYABR OYI QANDAY BO‘LADI
31.10.2023
2023 YILDA NOYABR OYI QANDAY BO‘LADI
Noyabr-kuzning so‘nggi oyi va u odatda haroratning keskin o‘zgarib turishi bilan tavsiflanadi. Noyabr oyining o‘rtacha harorati oktabr oyiga nisbatan 5-7o ga past bo‘ladi.
Respublika hududining katta qismida oyning birinchi yarmida kunduzgi harorat odatda 15-20o, ikkinchi yarmida esa 10-15o atrofida bo‘ladi. Ko‘pincha oyning boshida kunduzi havo 22-27o gacha isiydi.
Mutlaq maksimal harorat 30-33o ni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysida 26-28o ni tashkil etadi (1-rasm).
O‘tgan asrning o‘rtalarigacha, eng sovuq noyabr oylarida havo harorati ba’zan 19-24o sovuqqacha, shimolda 25-27o sovuqqacha, eng chekka janubda 10-15o sovuqqacha pasaygan.
So‘nggi 50 yil ichida bunday sovuqlar noyabr oyida kuzatilmagan. 1961-2022 yillar davri uchun mutlaq minimal harorat 10-15o sovuqni, shimolda 20-22o sovuqni tashkil etdi (1-rasm)
Noyabr oyida yog‘ingarchilik oktabr oyiga nisbatan tez-tez, davomiy va jadal bo‘ladi. Noyabr oyida yomg‘ir qorga aylanishi kam uchraydigan holatdir.
Tog‘li hududlarda birinchi qor qoplami hosil bo‘lmoqda. Pastki qatlamlarda u beqaror bo‘ladi, 2000 m dan yuqori balandliklarda oy oxiriga uning balandligi 25-40 sm ga yetadi.
Barcha kuzatuv yillari uchun hududning katta qismida eng ko‘p yog‘ingarchilik 2011 yil noyabr oyida kuzatilgan edi. Ushbu yilda, noyabr oyida yog‘ingarchilik 3-3,5, eng chekka janubda esa 4-7 oylik normagacha bo‘lgan.
Masalan, Toshkentda 11 kunlik me’yorga nisbatan 19 kun yog‘ingarchilik bo‘lishi kuzatilgan.
Ammo meteorologik kuzatuvlar tarixida noyabr oyida yog‘ingarchilik me’yordan 30% kam bo‘lgan yillar kuzatilgan. Oxirgi marta bunday noyabr 2002 yilda bo‘ldi.
2023 yil noyabr oyi qanday bo‘ladi?
Oktabr oyining oxirgi kunida yog‘ib o‘tgan yomg‘ir va sovuqdan so‘ng, noyabr quruq va ancha iliq ob-havo bilan boshlanadi.
Oyning birinchi besh kunligida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.
1 noyabrda kunduzi havo harorati 17-19o iliq bo‘ladi, 2-5 noyabr kunlariga 21-24o iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi. Faqat kechasi va ertalab 5-10o iliq bo‘lgan harorat bilan salqin bo‘lishi kuzatiladi.
Keyinchalik, oyning oxirigacha, O‘zgidrometning dastlabki baholashiga ko‘ra, 2023 yil noyabr oyida respublika hududining katta qismida harorat kechalari 5-10o iliqdan 0-5o iliqqacha, kunduz kunlari 15-20o iliqdan 7-12o iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Sovuq havo davrlarida esa kechasi va ertalab 0-2o sovuqqacha bo‘lishi mumkin.
Respublika shimolida ancha past harorat fonida - harorat kechalari 2-7o iliqdan 2-7o sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15o iliqdan 7-12o iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Ushbu noyabr oyida yog‘ingarchilik me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida yog‘adi, sovuq davrlarda esa qorga aylanadi.