31 OKTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
31.10.2023
31 OKTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-19° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.