2023-yil 27-oktabr

2023-yil 27-oktabr

27.10.2023

2023-yil 27-oktabr

2023-yil 27-oktabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gidrometeorologiya xizmatlari rahbariyatining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Hamkorlikda olib borilgan o‘lchov ishlari yakunida birgalikda o‘tkazilgan o‘lchov natijalariga ko‘ra, O‘zgidrometning direktori Sh. Habibullayev va Qozgidromet bosh direktori D. Alimbayeva tomonidan Sirdaryo daryosining transchegaraviy gidrometeorologik postlarda – Keles daryosining quyilish joyida (Ko‘kbuloq qishlog‘i) suv sarfini birgalikda qiyosiy o‘lchash natijalari Bayonnomasini tuzdilar, shuningdek, 2023-2028 yillarga gidrometeorologik ma’lumot almashish sohasida hamkorlik Dasturi imzolandi.

Tomonlar Sirdaryo daryosida joylashgan transchegaraviy gidrologik postlarda suv sarfini o‘lchashda yagona o‘lchash uslubi qo‘llanilishini tasdiqladilar.