Dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo kutilmoqda

Dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo kutilmoqda

27.10.2023

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 27-29 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

Kecha kunduzi, shuningdek, o‘tgan kechasi O‘zbekiston hududi Volga bo‘yi hududlaridan kirib kelgan nam va salqin havo ta’siri ostida bo‘ldi. Markaziy, sharqiy hududlar bo‘yicha yomg‘ir yog‘di, tog‘larda esa ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli bo‘ldi.

Ertalabga kelib, biroz yomg‘ir yog‘ishi faqat Toshkent viloyati, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida saqlanib turdi.

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 20-25o atrofida bo‘ladi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni kunduzi havo 26-29o iliqqacha isiydi.

Shuningdek, quruq va iliq ob-havo respublika bo‘yicha va 30 oktabr dushanba kuni ham saqlanib turadi.

 

Poytaxtimizda: 27-29 oktabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 22-24o, shanba kuni 24-26o, yakshanba kuni 26-28o bo‘ladi. Harorat kechalari 9-12o atrofida bo‘ladi.