29-31 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
27.10.2023
29-31 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 29-30 oktabrda 7-12° iliq, 31 oktabrda 5-10° iliq, kunduzi 29 oktabrda 22-27° iliq bo’ladi, 30-31 oktabrda 17-22° iliqqacha pasayadi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 29 oktabrda 24-29° iliq bo’ladi, 30-31 oktabrda 17-22° iliqqacha pasayadi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, 29-30 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 31 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 29-30 oktabrda 24-29° iliq, 31 oktabrda 17-22° iliq bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 29-30 oktabrda 24-29° iliq, 31 oktabrda 22-27° iliq bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, 29-30 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 31 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 29 oktabrda 7-12° iliq, 30-31 oktabrda 9-14° iliq, kunduzi 29-30 oktabrda 22-27° iliq, 31 oktabrda 17-22° iliq bo’ladi.
TOG’LI HUDUDLAR
Havo o’zgarib turadi, 29-30 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 31 oktabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 29-30 oktabrda 15-20° iliq, 31 oktabrda 12-17° iliq bo’ladi.