O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 23-27 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
23.10.2023
Bugun kunduzi O‘zbekistonning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida asosan jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘irlar yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 13-18o atrofida, ba’zi joylarda 20o gacha bo‘ladi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
24-25 oktabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib, kunduz kunlari havo 22-25o gacha, janubda 27o gacha isiydi.
26 oktabrda respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam havoning yangi qismi kirib kelishi kutilmoqda. Markaziy, janubiy va sharqiy hududlarda yana yomg‘ir yog‘adi, harorat 15-20o gacha pasayadi.
27 oktabrda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 17-22o bo‘ladi.
Ushbu hafta davomida harorat kechalari 7-12o iliq atrofida bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Poytaxtimizda: 23 oktabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat 14-16o bo‘ladi.
24-25 oktabr kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-24o gacha ko‘tariladi.
26 oktabrda yomg‘ir yog‘adi, harorat 16-18o bo‘ladi.