24-26 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
22.10.2023
24-26 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 oktabrda
kechasi 0-5° iliq, kunduzi 15-20°; 25 oktabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22°; 26 oktabrda kechasi 3-8° iliq,
kunduzi 12-17° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 24-25 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 oktabrda kechasi 3-8° iliq,
kunduzi 17-22°; 25 oktabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 22-27°; 26 oktabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 22-27° bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 24-25 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-25 oktabrda 5-10° iliq,
26 oktabrda 7-12°; kunduzi 24 va 26 oktabrda 17-22° iliq, 25 oktabrda 20-25° bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 24-25 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-25 oktabrda 7-12° iliq,
26 oktabrda 9-14°, kunduzi 22-27° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 24 oktabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 25-26 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 24 oktabrda 15-20°, 25-26 17-22° bo’ladi.
TOG’LI HUDUDLAR
Havo o’zgarib turadi, 24 va 26 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 25 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq; kunduzi
24 oktabrda 12-17° iliq, 25 oktabrda 15-20° iliq, 26 oktabrda 10-15° bo’ladi.