22 OKTABR OB-HAVO PROGNOZI 21 oktabr soat 20 dan 22 oktabr soat 20 gacha
21.10.2023
22 OKTABR OB-HAVO PROGNOZI 21 oktabr soat 20 dan 22 oktabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12° iliq, kunduzi 21-23° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° bo‘ladi.