O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 20-22 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 20-22 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

20.10.2023

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati 24-27o bo‘ladi.

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida va kechga tomon Navoiy viloyati cho‘l hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, harorat 17-22o gacha pasayadi.

Ertaga, 21 oktabr kuni shimoli-g‘arbiy hududlardan bulutlilik O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Navoiy va Buxoro viloyatlarida kechasi va ertalab, qolgan hududlarda kun davomida ba’zi joylarda jadalligi birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

22 oktabr, yakshanba kuni respublikaning ko‘pchilik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida va kechga tomon Navoiy viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatildi.

Dam olish kunlari havo harorati kechalari 7-12o, kunduz kunlari 18-23o atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda: 20-22 oktabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, asosan yog‘ingarchilik kutimaydi, faqat 21 oktabrda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 10-13okunduz kunlari 20-23o bo‘ladi.