22-24 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

22-24 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

20.10.2023

22-24 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo o’zgarib turadi, 22 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
23-24 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat 22 oktabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22°; 23 oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18°; 24 oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 15-20° bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 22 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 23 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 24 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22 oktabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25°; 23 oktabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 13-18°; 24 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 23 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22 oktabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25°; 23 oktabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20°; 24 oktabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 23 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22 oktabrda kechasi 9-14° iliq, kunduzi 20-25°; 23 oktabrda kechasi 9-14° iliq, kunduzi 17-22°; 24 oktabrda kechasi 9-14° iliq, kunduzi 19-24° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 23 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 oktabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25°; 23 oktabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20°; 24 oktabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° bo’ladi.

TOG’LI HUDUDLAR

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 23 oktabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22 oktabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15°; 23 oktabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq; 24 oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° bo’ladi.