21-23 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

21-23 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

19.10.2023

21-23 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 21 oktabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20°; 22 oktabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22°; 23 oktabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 21 oktabrda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 22 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 23 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 21-22 oktabrda 20-25°, 23 oktabrda 15-20° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 21-22 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 21 oktabrda 22-27°, 22 oktabrda 20-25°, 23 oktabrda 17-22° bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 21-22 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 21 oktabrda 22-27°, 22 oktabrda 20-25°, 23 oktabrda 19-24° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 21-22 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° bo’ladi.

TOG’LI HUDUDLAR

Havo o’zgarib turadi, 21-22 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10o iliq, kunduzi 21-22 oktabrda 12-17°, 23 oktabrda kechasi va kunduzi 3-8o iliq bo’ladi.