18 OKTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18 OKTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18.10.2023

18 OKTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.

Toshkentda havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-22° bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo’ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° bo‘ladi.