O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 16-20 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 16-20 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

16.10.2023

Ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududining katta qismida asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat janubiy hududlarda, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 18 oktabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Bugun kunduzi harorat 18-20o atrofida bo‘ladi, haftaning ikkinchi yarmida esa havo kunduz kunlari 22-25o gacha, janubda 27o gacha isiydi. Kechasi va ertalab havo ancha iliq, harorat 7-12o iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda: 16-20 oktabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 7-8o iliqdan 11-12o gacha asta-sekin ko‘tariladi. 16-17 oktabr kunlari kunduzi 19-22o, 18-20 oktabrda 22-25o bo‘ladi.