Havo keskin sovuqlashdi

Havo keskin sovuqlashdi

13.10.2023

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 13-15 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

Uzoq muddat davom etgan quruq va nisbatan iliq ob-havodan so‘ng,
11-12 oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib keldi.

Barcha joylarda yomg‘ir yog‘di, ayrim joylarda kuchli bo‘ldi, tog‘li hududlarda qorga aylandi. Ba’zi joylarda shamol tezligi kuchayishi kuzatildi. Havo keskin sovuqlashdi.

Bugun ertalab deyarli barcha joylarda yog‘ingarchilik to‘xtadi va kun davomida respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Yog‘ingarchiliksiz ob-havo dam olish kunlari ham saqlanib turadi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Bugun kunduzi havo harorati 10-15o iliq atrofida bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari kechasi va ertalab harorat 3-6o iliqgacha pasayadi, kunduzi havo asta-sekin iliqlashadi va yakshanba kuni kunduzi havo 17-20o gacha isiydi.

Poytaxtimizda: havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutimaydi, 14-15 oktabrda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat: 13 oktabrda 10-12o, 14 oktabrda kechasi 4-6o, kunduzi 14-16o, 15 oktabrda kechasi 5-7o, kunduzi 17-19o bo‘ladi.