13 OKTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

13 OKTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

13.10.2023

MUHIM HODISALAR

13 oktabrda
respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

13 OKTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat  Farg’ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda
13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo‘ladi.

Toshkentda havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo’ladi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,  ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.