12 OKTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
12.10.2023
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 12-14 oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
12-13 oktabr kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 13 oktabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
13-14 oktabrda havo harorati kunduz kunlari 10-15 darajagacha, kechalari 2-5 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda 1-3 darajagacha pasayishi mumkin.
12-13 oktabrda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
12 OKTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, Surxondaryo viloyatida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27°, shimolda 10-15° bo‘ladi.
Toshkentda havo o’zgarib turadi, kechga tomon yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, kechag tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-26° bo‘ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo o’zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo‘ladi.