13-15 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

13-15 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

11.10.2023

13-15 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, ba’zi joylarda 1-3° sovuqqacha, kunduzi 13 oktabrda 10-15°, 14-15 oktabrda 12-17° bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 oktabrda kechasi va kunduzi 10-15°; 14 oktabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17°, 15 oktabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 13 oktabrda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 14-15 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 oktabrda kechasi va kunduzi 10-15°, 14 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17°, 15 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 13 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 14-15 yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 14-19°, 14 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 12-17°, 15 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 17-22° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 13 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 14-15 yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 oktabrda kechasi va kunduzi 10-15°, 14 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17°, 15 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 14-19° bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo o’zgarib turadi, 13 oktabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 14-15 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 oktabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 14-15 oktabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° bo’ladi.