11 OKTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11 OKTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.10.2023

MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 12-14 oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

12-13 oktabr kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 13 oktabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

13-14 oktabrda havo harorati kunduz kunlari 10-15 darajagacha, kechalari 2-5 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda 1-3 darajagacha pasayishi mumkin.

11 OKTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston Respublkasida va kechga tomon Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30°, shimolda 13-18° bo‘ladi.

Toshkentda havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29° bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo‘ladi.