ISSIQ QAYTMAYDI
06.08.2021
Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va nisbatan issiq ob-havo bo‘lishi davom etadi, faqat eng chekka sharqiy hududlarda konvektiv bulutlilik rivojlanishi ehtimoli hali ham saqlanib turadi, buning natijasida Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli mahalliy yomg‘ir yog‘adi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo kunduz kunlari 35-39° gacha isiydi, bu ushbu kun haroratining me’yoriy qiymatlaridan 3-4° ga yuqori bo‘ladi.
Dam olish kunlarida tekislik hududlari bo‘yicha quruq issiq saqlanib turadi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida mahalliy yomg‘irlar kuzatiladi. Havo harorati kechalari 20-25°, kunduz kunlari 35-40°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 42° gacha atrofida bo‘lishi saqlanib turadi.
Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga 6-8 avgust kunlarida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.