TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT
10.10.2023
Joriy yilning 12-14 oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
12-13 oktabr kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 13 oktabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘larda qorga aylanadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
13-14 oktabrda havo harorati kunduz kunlari 10-15 darajagacha, kechalari 2-5 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda 1-3 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin.