12-14 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
10.10.2023
12-14 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, 12 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13-14 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17°; 13 oktabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17°; 14 oktabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 12 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13-14 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 oktabrda kechasi 11-16°, kunduzi 20-25°; 13 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 12-17°; 14 oktabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 12-13 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
14 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 oktabrda kechasi 11-16°, kunduzi 22-27°; 13 oktabrda kechasi 6-11°, kunduzi 12-17°; 14 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 12 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 14 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 oktabrda kechasi 12-17°, kunduzi 24-29°;
13 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 14-19°; 14 oktabrda kechasi 4-9°, kunduzi 17-22° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 13 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, 13 oktabrda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 24-29°; 13 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20°; 14 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, 12-13 oktabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi), 13 oktabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
14 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 oktabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 13-18°; 13 oktabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 14 oktabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 7-12° bo’ladi.