11-13 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
09.10.2023
11-13 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, 11 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 12 oktabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20°; 12 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17°; 13 oktabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 12 oktabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 oktabrda kechasi 11-16°, kunduzi 25-30°; 12 oktabrda kechasi 11-16°, kunduzi
20-25°; 13 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 12-17° bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 12 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 oktabrda kechasi 11-16°, kunduzi 25-30°; 12 oktabrda kechasi 11-16°, kunduzi 22-27°; 13 oktabrda kechasi 6-11°, kunduzi 12-17° bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 12 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 oktabrda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°; 12 oktabrda kechasi 12-17°, kunduzi 24-29°; 13 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 14-19° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 11-12 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-13 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-12 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 24-29°, 13 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, 11 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12-13 oktabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 15-20°; 12 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 13-18°; 13 oktabrda kechasi va kunduzi 4-9° iliq bo’ladi.