9-11 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
07.10.2023
9-11 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, 9-10 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 11 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 otabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 oktabrda kechasi 9-14°, kunduzi 25-30°; 10 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25°;
11 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, 9-10 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 11 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 otabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 24-29°; 10 oktabrda kechasi 9-14°, kunduzi 25-30°;
11 oktabrda kechasi 11-16°, kunduzi 25-30° bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 otabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27°,
10-11 oktabrda kechasi 9-14°, kunduzi 25-30° bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-10 oktabrda 10-15°, 11 oktabrda 12-17°, kunduzi 9 oktabrda 24-29°, 9-10 oktabrda 27-32° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 9 oktabrda 22-27°, 10-11 oktabrda 24-29° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, 9 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 10-11 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 oktabrda 15-20 m/s gachqa kuchayishi mumkin.
Harorat 9 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18°, 10-11 oktabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° bo’ladi.