6-8 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

6-8 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

04.10.2023

6-8 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo o’zgarib turadi, 6 oktabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 7-8 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 6-7 oktabrda 20-25°, 8 oktabrda 22-27° bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 6 oktabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 7-8 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 7-8 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 6 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 7 oktabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 8 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6 oktabrda 10-15°, 7-8 oktabrda 7-12°, kunduzi 6-7 oktabrda 20-25°, 8 oktabrda 22-27° bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 6 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 7-8 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6 oktabrda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°; 7 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°; 8 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 24-29° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 6 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 7 oktabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 8 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-7 oktabrda 10-15°, 8 oktabrda 7-12°, kunduzi 6 oktabrda 23-28°, 7-8 oktabrda 20-25° bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 6-7 oktabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6 oktabrda kechasi va kunduzi 8-13°, 7-8 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° bo’ladi.