​​​​​​​Hafta oxirida yomg‘ir yog‘adi

​​​​​​​Hafta oxirida yomg‘ir yog‘adi

03.10.2023

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BO‘YICHA 3-6 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati kechalari 10-15o, kunduz kunlari 23-28o bo‘ladi.

5 oktabr kuni mamlakatimiz hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, kunduzi harorat 25-30o gacha biroz ko‘tariladi. Respublikaning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi hududidan nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

6 oktabrda nam va salqin havo massalarining kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududini qamrab oladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechasi 10-15o, kunduzi 20-25o bo‘ladi.

Poytaxtimizda: havo o‘zgarib turadi, asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat juma kuni 6 oktabrda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol asosan sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 6 oktabrda 10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 12-15o, kunduzi 24-27o, 5 oktabrda 27-29o bo‘ladi, juma kuni 6 oktabrda yomg‘ir paytida 21-23o gacha pasayadi.