Oktyabr oyining boshi Oʻzbekistonda quruq va issiq boʻladi
29.09.2023
O‘zbekiston bo‘yicha 29-30 sentabr va 1-2 oktabr kunlariga ob-havo prognozi
Bugun va bayram kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida 30 sentabrda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Harorat asosan kechalari 10-15o , kunduz kunlari 23-28o bo‘ladi.
29-30 sentabr kunlari respublikaning ba’zi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30 sentabr shanba kuni kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol asosan sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 30 sentabrda 10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 12-15o, kunduzi 23-26o bo‘ladi.