29 SENTABR-1 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

29 SENTABR-1 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

27.09.2023

29 SENTABR-1 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 29 sentabrda 22-27°, 30 sentabr-1 oktabrda 20-25° bo’ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, 29 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 30 sentabr-1 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo’ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 sentabrda 12-17°,1 oktabrda 10-15°, kunduzi 29 sentabr  va 1 oktabrda 23-28°, 30 sentabrda 21-26° bo’ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 29 sentabrda 25-30°, 30 sentabr-1 oktabrda 23-28° bo’ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 29 sentabr va 1 oktabrda 22-27°, 30 sentabrda 20-25° bo’ladi.

RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo o’zgarib turadi, 29-30 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 1 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 13-18° bo’ladi.