O‘zbekistonda oltin kuz davom etmoqda

O‘zbekistonda oltin kuz davom etmoqda

25.09.2023

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 25-29 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

Ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuzning birinchi oyi uchun xos bo‘lgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ladi.

Haftaning birinchi yarmida respublika bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Haftaning ikkinchi yarmida havo bulutli bo‘ladi, lekin hududning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ish haftasining eng oxirida - 29 sentabr kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

Shamol sharqdan birozdan o‘rtachagacha esadi.

Kechalari va ertalabki soatlarda harorat 12-17o atrofida nisbatan salqin bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni 25-30o gacha, ba’zi joylarda 32o gacha isitadi.

Tog‘li hududlarda ayrim kunlarda jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Poytaxtimizda: 25-29 sentabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutimaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 13-16o, kunduz kunlari 25-28o bo‘ladi.