O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 22-24 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 22-24 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

22.09.2023

Bugun Volga bo‘yi hududidan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika hududi bo‘yicha nisbatan salqin havo bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekistonda kam bulutli va quruq havo bo‘ladi, kunduzgi harorat 23-28o ni tashkil etadi.

Dam olish kunlari ushbu ob-havo sharoiti saqlanib turadi. Salqin havo massasi asta-sekin sharqqa tomon siljiydi. Dam olish kunlari havo harorati kechalari 11-16o ni tashkil etadi, kunduz kunlari 25-30o gacha isiydi.

Poytaxtimizda: bugun yog‘ingarchilik kutimaydi, kunduzgi harorat 23-25o ni tashkil etadi.

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kechalari 12-14o, kunduz kunlari 25-27o bo‘ladi.