22 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
22.09.2023
MUHIM HODISALAR
22 sentabrda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi kutilmoqda.
22 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg’ona vodiysi viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° bo‘ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, Tosheknt viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlarining ayrim tog’ oldi va tog’li hududlarida kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi, baland tog’larda qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo‘ladi.