21 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
21.09.2023
MUHIM HODISALAR
21-22 sentabrda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi kutilmoqda.
21 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, faqat Toshkent viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° bo‘ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, Tosheknt viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlarining ayrim tog’ oldi va tog’li hududlarida kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi, baland tog’larda qorga aylanishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo‘ladi.