20 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

20 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

20.09.2023

MUHIM HODISALAR

20-22 sentabrda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi kutilmoqda.

20 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o’zgarib turadi, Farg’ona vodiysi viloyatlarida va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28°  bo‘ladi.

Toshkentda havo o’zgarib turadi, yog’ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25°  bo‘ladi.

Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, baland tog’larda qorga aylanishi, Tosheknt viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlarining ayrim tog’ oldi va tog’li hududlarida kuchli bo’lishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo‘ladi.