19 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19.09.2023

MUHIM HODISALAR

20-22 sentabrda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi kutilmoqda.

19 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo o’zgarib turadi, Qoraqalpog’istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilsihi mumkin. Harorat 23-28o bo‘ladi.

Toshkentda havo o’zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bilan kuzatilsihi mumkin. Harorat 26-28  bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo‘ladi.