O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 18-22 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 18-22 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

18.09.2023

Bugun respublika hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunning o‘rtasiga kelib, havo 28-30o gacha isiydi.

Ertaga O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin ob-havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, faqat janubda va Farg‘ona vodiysida quruq ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda. Havo harorati biroz pasayadi, kunduz kuni 26-28o ni tashkil etadi.

20 oktabr-chorshanba kuni markaziy va sharqiy viloyatlar bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yana quruq havo kuzatiladi, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

20-22 sentabr kunlari havo haroratining pasayishi davom etadi va kunduz kunlari 23-25o dan yuqori bo‘lmaydi. Kechalari va ertalabki soatlarda havo ancha salqinlashadi, harorat 11-16o atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda:

18-19 sentabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 19 sentabrda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 26-29o bo‘ladi.

20 sentabrda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-22 sentabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-15o gacha, kunduzi 23-25o gacha pasayadi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 19 sentabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.