O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 15-17 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
15.09.2023
Bugun va dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha O‘zbekistonning oltin kuzi uchun xos bo‘lgan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtachagacha esadi, faqat cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Kechasi va ertalab kuzgi salqinlik sezilib turadi, harorat 13-18o atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari esa havo 25-30o gacha isiydi.
Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida 16-17 sentabr kunlari biroz yomg‘ir yog‘ishi mumikin.
Poytaxtimizda:
15-17 sentabr kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 15-17o, kunduz kunlari 27-29o bo‘ladi.