2023 yil 11 sentabr kuni kuchli shamollar, chang-to'zon va chang-g'ubor haqida MA’LUMOT
11.09.2023
Kavkaz xududida hafta davomida shakllangan salqin va nisbatan nam havo oqimlari Kaspiy dengiz orqali respublikamizning shimoliy-g'arbiy hududlariga, 11 sentabrda O'zbekistonning boshqa hududlariga kirib keldi. G'arbiy oqim fronti respublikaning ko'pchilik hududlarida ba'zi joylarda shamol tezligi 13-17 m/s gacha, janubda va cho'l hududlarda 20 m/s kuchayishiga olib keldi. Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida shamol chang-to'zon bilan qayd etildi, ko'rinuvchanlik 500-2000 metrgacha yomonlashdi.
Kunning ikkinchi yarmida frontal bulutli chiziq Toshkentning g'arbiy tumanlariga yaqinlashdi. Soat 15:05 dan 16:00 gacha Toshkentda shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi kuzatildi. Shamol yerning qurigan yuzasidan chang zarralarini ko'tardi, bu esa havoning hiralashishiga va ko'rinuvchanlik 1400 metrgacha yomonlashishiga sabab bo'ldi.
Toshkentda atmosfera havosidagi RM10 mayda zarrachalarining miqdori 1322 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan qiymatdan
2,4 marta ko'p; RM2,5 219 mkg/m3 mayda zarrachalarining miqdori BSST talablaridan 43 marta ko'p bo'ldi.
Toshkentda chang-g'ubor 11 sentabr kuni va kechasi davomida saqlanib turadi.