11-13 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
09.09.2023
11-13 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 11 sentabrda 21-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 11 sentabrda 19-24°; 12-13 sentabrda 21-26° bo’ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 11 sentabrda 21-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11 sentabrda 16-21°,
12-13 sentabrda 13-18°, kunduzi 25-30° bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 27-32°; 12-13 sentabrda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo’ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11 sentabrda kechasi 18-23°, kunduzi 25-30°, ba’zi joylarda 33-35° gacha;
12 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°; 13 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
15-20°, kunduzi 11 sentabrda 27-32° bo’ladi, 12-13 sentabrda 25-30° bo’ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o’zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 sentabrda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 11 sentabrda 19-24°, 12-13 sentabrda 15-20° bo’ladi.