O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 8-10 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 8-10 SENTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

08.09.2023

Bugun ertalabdan, kelayotgan kuzning yana bir eslatmasi sifatida osmonni bulutlar qopladi va kuzgi salqinlik his etildi.

Kunning birinchi yarmida respublikaning markaziy hududlarida bulutli bo‘ladi, ba’zida havo bulutlardan ochilishi saqlanib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 27-32o atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 35-37o gacha bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari hududning katta qismida issiq va quruq ob-havo bo‘ladi. Havo harorati shanba kuni 30-35o, yakshanba kuni 32-37o, janubda va cho‘l hududlarda 39o gacha bo‘ladi.

Dam olish kunlari shimoliy-g‘arbiy hududlarda ob-havo yomonlashishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 22-27o gacha pasayadi

Poytaxtimizda: 8 sentabrda bulutli bo‘ladi, ba’zida havo bulutlardan ochiladi, kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-32o bo‘ladi.

Dam olish kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat shanba kuni 30-32o, yakshanba kuni 35-37o  bo‘ladi.