8 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

8 SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

08.09.2023

SENTABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning birinchi yarimida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-32o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarimida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-32o bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19-24° bo‘ladi.